
- 3
- 17.06.2026 13:01:00
- 1 мин оқу
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida AQSH Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar sanoat va moliya sohalaridagi loyihalarni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma investitsiya platformasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, amerikalik hamkorlar nafaqat o‘zaro manfaatli biznes imkoniyatlariga, balki O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga ham katta qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, qo‘shma loyihalar hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.