Rossiya oliygohlarida urushga borish evaziga bepul ta’lim taklif qilinmoqda

Rossiya oliygohlarida urushga borish evaziga bepul ta’lim taklif qilinmoqda
  • 0
  • 30.07.2026 19:00:00
  • 1 мин оқу

Rossiyadagi ayrim oliy ta’lim muassasalarida abituriyent va talabalarni harbiy xizmatga jalb qilish amaliyoti kengaymoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga hujjat topshirayotgan abituriyentlarga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yillik shartnoma tuzib, dron qo‘shinlarida xizmat qilishi evaziga 2027-o‘quv yilidan boshlab bepul ta’lim va boshqa imtiyozlar taklif etilmoqda.
Taklif doirasida bepul yotoqxona, ijtimoiy imtiyozlar hamda qo‘shimcha moddiy va texnik yordam va’da qilingan. Shu bilan birga, Rossiya oliygohlarida talabalarni shartnoma asosida harbiy xizmatga jalb qilish amaliyoti so‘nggi yillarda tobora kengayib borayotgani qayd etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News