
- 0
- 29.07.2026 15:59:00
- 1 мин оқу
Rossiya Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi
Rossiya Telegram asoschisi Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi va unga terrorizmga ko‘maklashishda ayblov e’lon qildi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Telegram platformasida Ukrainaga aloqador maxsus xizmatlar tomonidan terrorchilik harakatlarini tayyorlashda foydalanilgan kanallar, chatlar va botlar o‘chirib tashlanmaganini da’vo qilmoqda.
Pavel Durov va Telegram kompaniyasi hozircha ushbu ayblovlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Avvalroq Durov Rossiyada unga nisbatan “terrorizmga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.