
- 2
- 11.11.2026 12:37:00
- 1 мин оқу
Rossiyada işlayotgan çet elliklar 2027-yil 1-yanvardan boşlab mamlakatda yaşayotgan, ammo işlamaydigan oila a’zolari uçun ham soliq tölaydi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vaziri örinbosari Andrey Kikot ma’lum qildi.
Yangi tartib migrantlarning işlamaydigan oila a’zolari Rossiyada uzoq muddat qolişini çeklaşga qaratilgan. Kikotning aytişiça, migrantlar farzandlarini maktablarga qabul qiliş böyiça joriy etilgan yangi talablar natijasida işlamaydigan oila a’zolari soni 20 foizga kamaygan. Avval bu körsatkiç 1,7 million kişini taşkil etgan.
Şuningdek, Rossiya xorijiy işçilarni uyuşgan tarzda jalb qilişni rejalaştirmoqda. Yangi tizim böyiça iş beruvçi migratsiya xizmatiga buyurtma beradi, maxsus operator esa işçilarni tanlab, mamlakatga olib keladi. Şartnoma muddati tugagaç, migrant öz vataniga qaytişi kerak böladi.
Yirik va örta biznes vakillari xorijiy işçilarni turar joy hamda iş joyiga boriş transporti bilan ta’minlaşi şart böladi.