
- 3
- 28.08.2025 15:19:00
- 1 мин оқу
Janubiy Koreya va BAA sobiq murabbiyi Paulu Bentu bugun tongda Toshkentga keldi. Portugaliyalik murabbiy O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tez orada tanishtirilishi mumkin.
2010-2014-yillarda Portugaliya termasini ham boshqargan mutaxassis O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralarni yakunlash uchun kelgan.
Oldinroq Temur Kapadze agar xorijlik murabbiy keladigan bo‘lsa, milliy jamoani tark etishini bildirgan edi.
Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi sifatida “Sporting”da Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan. Murabbiy sifatida eng katta yutug‘i Portugaliya termasi bilan Yevro-2012’da bronza medalini yutgan.