
- 7
- 16.10.2026 12:32:00
- 1 мин оқу
Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida aholi issiq suvdan begona kimyoviy hid kelayotganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ma’lum qildi.
Murojaatlardan so‘ng mutaxassislar suv manbalari va xonadonlardan namunalar olib, laboratoriya tekshiruvini boshladi. Suv kimyoviy, bakteriologik va hid kabi xususiyatlar bo‘yicha tahlil qilinadi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tarmoq suvini yetkazib beruvchi “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJga vaziyat haqida xabar berilgan. Suv sifatini me’yorga keltirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Tekshiruv natijalari tahlillar yakunlangach e’lon qilinadi.