
- 0
- 02.07.2026 15:26:00
- 1 мин оқу
Toshkentdagi Rayyan Kids Land xususiy bog‘chasida tarbiyachining bolalarni urayotgani, ulardan birining og‘ziga mato tiqqani va yana birining qo‘lini eshik bilan qisgani aks etgan videolar tarqalib, keng noroziliklarga sabab bo‘lgandi.
Hozirda ushbu bog‘chaning litsenziyasi bekor qilinishi kutilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayrim tarbiyalanuvchilarning olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.