
- 6
- 15.10.2026 10:30:00
- 1 мин оқу
Rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov) 13-oktabr kuni Qozog‘istonga kirishda, “Qorday” chegara yaqinidagi nazorat punktida ushlandi. Politsiya xabariga ko‘ra, u mamlakatga kirayotganida avtomobili tekshirilgan va undan giyohvandlik moddasi topilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilda reper bilan birga uning hamkasblari ham bo‘lgan. Ayrim nashrlar mashinadan taxminan 10 gramm marixuana topilganini yozgan. Biroq politsiya moddaning turi va miqdorini rasman batafsil ochiqlamagan.
Mazkur holat yuzasidan narkotik moddalarni chegaradan olib o‘tishga urinish gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Navai vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan, tergov davom etmoqda.
Reperning konserti ham bekor qilindi. U 14-oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada chiqish qilishi kerak edi. Tashkilotchilar konsert bekor qilinganini “texnik sabablar” bilan izohladi. Chipta xaridorlariga pulni qaytarish mumkinligi ma’lum qilingan.
Navai “HammAli & Navai” dueti orqali tanilgan. U 2025-yilda duet tarqalganidan keyin yakkaxon ijodini davom ettirgan.
Navai Qozog‘istonda ushlanishidan bir necha kun oldin Toshkentda konsert bergandi.
#casia #news #Navai