Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimiga qayta saylandi

Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimiga qayta saylandi
  • 1
  • 22.09.2026 10:09:00
  • 1 мин оқу

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 20-sentabr kuni o‘tkazilgan saylovda 99,85 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Checheniston saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Qodirovning ikki raqibi — “Adolatli Rossiya” partiyasidan Ismoil Denilxanov va KPRF vakili Xolid Nakayev — 0,05 foizdan ovoz oldi.
Shu tariqa Qodirov Checheniston rahbari sifatida beshinchi muddatga qayta saylandi. U respublikani 2007-yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Saylov Rossiyada Davlat Dumasi va boshqa hududiy saylovlar bilan bir vaqtda o‘tkazildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News