
- 2
- 10.11.2026 12:56:00
- 1 мин оқу
Qoraqalpoğistonda yaylovlarni qayta tiklaş va çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida “Bözatov agrostar” kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniya 2030-yil yakuniga qadar 100 ming gektar yaylov maydoniga çöl ösimliklari uruğlarini dronlar yordamida ekişni amalga oşiradi.
Bu haqda Prezidentning 5-noyabrdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida eʼlon qilindi.
Qarorga muvofiq, 15-noyabrdan boşlab “Xalq banki” tomonidan “Uzagrostar xolding” kompaniyasi taʼsisçiligida “Bözatov agrostar” taşkil etiladi. Yangi kompaniya çöl-yaylov ösimliklari uruğlarini granulalaş, kapsulalaş va dronlar yordamida ekiş bilan şuğullanadi. Buning uçun 10 ta dron, maxsus avtotransport vositalari hamda ikkita granulyator xarid qilinadi.
Şuningdek, mutaxassislar dronlarni boşqariş böyiça maxsus kurslarda öqitiladi. Loyiha doirasida 2030-yil oxirigaça 100 ming gektar yaylovga qandim, çerkez, çoğon, baliqköz, donaşor, şuvoq, izen va boşqa çöl şaroitiga mos ösimliklar uruğlari ekilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, qaror bilan 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelgaça oçiq elektron tanlovlar orqali ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yer uçastkalari böyiça qöşimça tölovlarga imtiyoz beriladi.
Unga köra, qöşimça tölovlari yer uçastkasining normativ qiymatidan tört baravar yoki undan yuqori bölgan ijaraçilarga uşbu tölovning normativ qiymatga teng qismini uç yil davomida foizsiz bölib tölaşga ruxsat etiladi.