Qaşqadaryoda zavod 33 ta daraxt va 3 mingga yaqin butani noqonuniy kesib, tabiatga 480 mln sömdan ortiq zarar yetkazdi

Qaşqadaryoda zavod 33 ta daraxt va 3 mingga yaqin butani noqonuniy kesib, tabiatga 480 mln sömdan ortiq zarar yetkazdi
  • 6
  • 10.11.2026 11:34:00
  • 1 мин оқу

Qaşqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida faoliyat yurituvçi xususiy zavodning Zarmaz kömir konidan tegişli ruxsatnomasiz kömir qazib olgani aniqlandi. Şuningdek, kon tomon yöl quriş jarayonida 33 ta daraxt va qariyb 3 ming tup buta ildizi bilan qöporib taşlangan. Natijada, tabiatga yetkazilgan zarar 480 million sömdan oşgan.

Maʼlum qilinişiça, Mega Asia Salt and Quartz xususiy zavodi mansabdor şaxslari faqat geologik örganiş uçun berilgan ruxsatnomadan foydalanib, Zarmaz kömir konidan noqonuniy ravişda kömir qazib oliş va sotiş bilan şuğullangan.

Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Qaşqadaryo viloyati IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda korxona xodimining 500 tonna noqonuniy qazib olingan kömirni 350 million sömga sotişga kelişgani aniqlangan. U kelişilgan pulning 50 million sömini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bundan taşqari, kon tomon yöl quriş bahonasida 24 tup Zarafşon arçasi, 9 tup uçqat daraxti va qariyb 3 ming tup buta ildizi bilan olib taşlangani maʼlum bölgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News