Qaşqadaryoda uç yoşli qizçaning ölimiga sababçi bölgan boğça rahbariga sud hukmi öqildi

Qaşqadaryoda uç yoşli qizçaning ölimiga sababçi bölgan boğça rahbariga sud hukmi öqildi
  • 9
  • 11.11.2026 11:41:00
  • 1 мин оқу

Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida uç yoşli qizçaning avtomobil salonida qolib ketişi oqibatida vafot etişi bilan boğliq iş böyiça oilaviy nodavlat boğçaning amaldagi rahbari beş yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Maʼlum qilinişiça, 2026-yil 4-iyun kuni boğça rahbari O.CH. tarbiyalanuvçilarni uylaridan olib, muassasaga olib kelgan. Bolalarni avtomobildan tuşirib, tarbiyaçiga topşirgan bölsa-da, uç yoşli qizaloq maşina salonida qolib ketgan. Rahbar esa bolalarni sanamasdan, avtomobil eşiklarini qulflab, öz işiga ketgan. Oqibatda avtomobil içidagi yuqori harorat taʼsirida qizaloqning organizmi qizib ketgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, bola ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi oqibatida vafot etgan.

Bundan taşqari, sud jarayonida boğça faoliyati bilan boğliq moliyaviy qonunbuzilişlar ham aniqlangan. Jumladan, rahbar soxta işga qabul qiliş hujjatlarini rasmiylaştiriş orqali iş haqi uçun ajratilgan mablağlarning bir qismini özlaştirgan. Aniqlanişiça, u jami 37,48 million sömga yaqin mablağni noqonuniy özlaştirgan.

Jinoyat işlari böyiça Kitob tuman sudi hukmi bilan O.CH. kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, özlaştiriş va hujjatlarni qalbakilaştiriş jinoyatlarida aybdor deb topildi. Unga uç yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş hamda beş yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News