
- 1
- 16.03.2026 15:06:00
- 1 мин оқу
16-mart kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati da 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarishni 175 tonnaga, kumushni 500 tonnaga, uranni 15 ming tonnaga, misni esa 500 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan. Bu yo‘nalishda umumiy qiymati 22 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalar doirasida qariyb 40 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezident yoshlarni bilim olishga va shunday yirik korxonalarda ishlab, hayotda o‘z o‘rnini topishga chaqirdi.
Shuningdek, Prezident OKMKda mis konsentratini ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirib, xodimlar bilan suhbatlashdi.