
- 3
- 27.06.2026 09:38:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbari erkin va mas’uliyatli jurnalistika jamiyat hamda davlat rivojining muhim sharti ekanini ta’kidlab, jurnalistlarni o‘zining doimiy maslakdoshi va jonkuyar do‘sti deb atadi.
Prezident so‘nggi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash, OAVni qo‘llab-quvvatlash va axborot sohasini rivojlantirish borasida muhim islohotlar amalga oshirilganini qayd etdi. Bugungi kunda mamlakatdagi qariyb 2 700 ta OAVning 67 foizi, noshirlik subyektlarining 90 foizdan ortig‘i va matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektorga tegishli ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasbiy malakasini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Prezident yakunda barcha matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.