Prezident Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Qurbon hayiti bilan tabrikladi
  • 1
  • 27.05.2026 15:49:00
  • 1 мин оқу

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Prezident o‘z murojaatida Qurbon hayiti tinchlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami ekanini ta’kidlab, hayitning jamiyatda insonparvarlik, hamjihatlik va saxovat muhitini mustahkamlashdagi ahamiyatiga to‘xtaldi. Shuningdek, keyingi yillarda O‘zbekistonda islomiy merosni o‘rganish va targ‘ib etish ishlari yangi bosqichga chiqqanini qayd etdi.

 

Prezident bu yil ilk bor “Prezident hojilari” dasturi yo‘lga qo‘yilib, 100 nafar ulamo, nuroniy va mahalla faollari haj safariga yuborilganini bildirdi. Ayni paytda esa 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik haj amallarini ado etayotgani aytildi.

Murojaat yakunida davlat rahbari xalq tinchligi va farovonligini tilab, barcha yurtdoshlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News