Qashqadaryoda bir kishini sel oqizib ketdi

Qashqadaryoda bir kishini sel oqizib ketdi
  • 16
  • 14.10.2026 13:50:00
  • 1 мин оқу

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sel oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Hodisa 13-oktabr kuni “Qo‘ng‘irot” mahallasining Shakarbuloq qishlog‘ida yuz bergan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 13-oktabr kuni soat 17:30 larda tumanning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan. Natijada qishloqda sel kelgan. Yo‘nalishni yo‘qotgan Damas haydovchisi va ichidagi yo‘lovchi yo‘lni aniqlash uchun to‘xtagan. Shu payt avtomobil sirpanib, sel suvi oqayotgan chuqur joyga tushib ketgan. Haydovchi mashinadan chiqib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va yo‘lovchini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq sel oqimi avtomobilni va uning ichida qolgan yo‘lovchini oqizib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yo‘lovchining jasadi topilgan. Hodisa joyiga tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va ichki ishlar organlari vakillari jalb etilgan. Aholini tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir paytida ehtiyot bo‘lishga va sel oqimi o‘tishi mumkin bo‘lgan joylarda to‘xtamaslikka chaqirildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News