
- 8
- 03.03.2026 21:39:00
- 1 мин оқу
3-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalar huquqlarini yanada kuchaytirish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan yangi tashabbuslar bilan tanishdi va tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra:
🔹Shahvoniy shilqimlik uchun belgilangan 5 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qat’iylashtiriladi.
🔹Pedofillar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi nazarda tutilmoqda.
🔹Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalari bo‘yicha voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan mahkumlar manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydi.
🔹Jinsiy jinoyatlarga oid 6 ta modda bo‘yicha tergov vakolati ichki ishlar organlaridan prokuraturaga o‘tkaziladi.
🔹Shahvoniy shilqimlik bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda jinoyat alomatlari yo‘qligi haqida prokuror qarori majburiy bo‘ladi.
🔹Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan advokatlar, tergovchilar va sudyalar shug‘ullanadi.
🔹Zo‘ravonlikdan jabrlangan va himoya orderi berilgan xotin-qizlar uchun maxsus SOS ilovasi joriy etiladi. Tugma bosilganda 5 km radiusdagi ichki ishlar xodimlari 10 daqiqa ichida yetib kelishi ta’minlanadi.
Prezident mazkur tashabbuslarni ma’qullab, ularni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.