
- 1
- 03.08.2026 17:24:00
- 1 мин оқу
Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasi yaqinidagi Madura oroli sohillarida harakatlanayotgan yo‘lovchi paromida yirik yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Kuchli shamol alangani qisqa fursatda butun parom bo‘ylab tarqatgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgunicha, yo‘lovchilar kemaning boshqaruv qismi va old qismida jon saqlab turgan. Ayrim yo‘lovchilar omon qolish maqsadida dengizga sakrashga majbur bo‘lgan. Hozirda, yong‘in sabablari o‘rganilib, bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qutqarish ishlari olib borilmoqda.