Özbekiston orolni qutqariş uçun 3,3 mlrd dollarlik loyihani amalga oşirmoqçi

Özbekiston orolni qutqariş uçun 3,3 mlrd dollarlik loyihani amalga oşirmoqçi
  • 8
  • 10.11.2026 11:14:00
  • 1 мин оқу

Joriy yilning 9-noyabr kuni Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga 2027–2029-yillardagi raisligi davrida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi. Taqdimotda suv resurslarini boşqariş, ekologik vaziyatni yaxşilaş va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga qaratilgan umumiy qiymati 3,3 milliard dollar bölgan 133 ta loyiha körib çiqildi.
Loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya qiliş, suv resurslarini taqsimlaş va monitoring qilişning avtomatlaştirilgan tizimlarini joriy etiş, şuningdek, toşqin va qurğoqçilikni prognozlaş hamda erta ogohlantirişning mintaqaviy raqamli platformasini yaratiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, aholini içimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan taʼminlaş darajasini oşiriş ham nazarda tutilmoqda.
Mazkur loyihalarni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yaşil iqlim jamğarmasi, Global ekologik jamğarma hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriş közda tutilgan.
Maʼlumot uçun, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi 1993-yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan taşkil etilgan. Özbekiston 2027–2029-yillarda mazkur jamğarmaga raislik qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News