Yevropada jazirama issiq sabab 10 mingdan ortiq odam vafot etdi

Yevropada jazirama issiq sabab 10 mingdan ortiq odam vafot etdi
  • 0
  • 13.07.2026 17:39:00
  • 1 мин оқу

Yevropani qamrab olgan anomal issiqlik oqibatida iyun oyi oxirida 10 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda EuroMOMO monitoring dasturi ma’lum qildi.

Eng ko‘p qurbonlar 65 yoshdan oshganlar orasida kuzatilgan. Mutaxassislar jazirama nafaqat issiq urishi, balki yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarini ham kuchaytirishini ta’kidlamoqda.

Germaniyada issiq tufayli 5 100 ga yaqin, Angliya va Uelsda esa 2 700 ga yaqin odam hayotdan ko‘z yumgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, dunyo okeani yuzasi harorati ham rekord darajaga ko‘tarilib, iyun oyida o‘rtacha 21°C ni tashkil etdi. Olimlar buni global iqlim o‘zgarishining yana bir xavotirli belgisi sifatida baholamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News