
- 0
- 05.08.2026 19:20:00
- 1 мин оқу
Bosh prokuratura huzuridagi departament Migratsiya agentligida 1 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘i talon-toroj qilinganini aniqladi.
Tergovga qadar tekshiruvda agentlikning mas’ul shaxslari amalda ishlamagan ikki xodimga 931,6 mln so‘m ish haqi to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, intizomiy jazo amal qilayotgan davrda 8 nafar xodimga qonunga zid ravishda yana 88,5 mln so‘m to‘lab berilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.