
- 0
- 06.07.2026 18:05:00
- 1 мин оқу
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bunda:
🔹 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;
🔹 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;
🔹 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;
🔹 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
🔹 1–10-sentyabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib loyihalar 1-sentyabr — O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
20-mart kuni e’lon qilingan birinchi mavsum yakuniga ko‘ra, maktablar, yo‘llar va boshqa obyektlarni ta’mirlash bo‘yicha 1996 ta loyihaga 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgandi.