
- 0
- 11.03.2026 12:22:00
- 1 мин оқу
11-martdan “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Jami 21 049 ta loyiha kelib tushgan bo‘lib, shulardan 17 390 tasi saralashdan ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi.
Ovoz berish 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi. Fuqarolar quyidagi usullardan birini tanlab ovoz berishi mumkin:
🔹 “Ochiq byudjet” portali veb-sahifasi;
🔹 Portalning Android va iOS mobil ilovalari;
🔹 Telegram’dagi rasmiy bot.
Ba’zi hududlarda ovoz berish vaqtinchalik to‘xtatildi. Xorazm viloyati, Toshkent viloyati va Farg‘ona va Navoiy shaharlaridagi loyihalar ishchi komissiyalar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmagani sababli ushbu hududlarda ovoz berish vaqtincha cheklangan.