Maktabga eshakda qatnayotgan o‘quvchilar: mas’ullar izoh berdi

Maktabga eshakda qatnayotgan o‘quvchilar: mas’ullar izoh berdi
  • 4
  • 22.09.2026 14:11:00
  • 1 мин оқу

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Olmosuvon qishlog‘ida o‘quvchilar maktabga eshaklarda qatnayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi videodagi holat Mavlonsoy qishlog‘ida emas, balki tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikdagi “Burgansoy” MFY Olmosuvon qishlog‘idagi 84-maktabda tasvirga olinganini ma’lum qildi.
Hudud tog‘li va qishloqlar tarqoq joylashgani, ichki yo‘llar esa asosan so‘qmoqlardan iborat ekani sababli mahalliy aholi kundalik qatnovda ot-ulovlardan foydalanadi.
Maktabning asosiy binosiga ayrim o‘quvchilar 4 kilometrgacha bo‘lgan masofadan qatnaydi. Hozir mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News