O‘zbekistonda 1 million so‘mlik banknota chiqarilishi rad etildi

O‘zbekistonda 1 million so‘mlik banknota chiqarilishi rad etildi
  • 1
  • 24.10.2026 14:13:00
  • 1 мин оқу

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Islom Karimov surati tushirilgan 1 million so‘mlik yangi banknota chiqarilgani haqida xabarlar va uning tasviri tarqaldi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Regulyatorga ko‘ra, 1 million so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz va yolg‘on.
Markaziy bank fuqarolarni pul muomalasiga oid yangiliklar va boshqa rasmiy ma’lumotlarni faqat ishonchli, rasmiy axborot manbalaridan olishga chaqirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News