Nikolas Xolt yangi “Garri Potter”da Zlatopust Lokons rolini ijro etadi

Nikolas Xolt yangi “Garri Potter”da Zlatopust Lokons rolini ijro etadi
  • 2
  • 13.08.2026 19:02:00
  • 1 мин оқу

“Nosferatu” va “Menyu” filmlari yulduzi Nikolas Xolt HBO’ning yangi “Garri Potter” serialida Zlatopust Lokons obrazini gavdalantiradi. Bu haqda HBO rasman ma’lum qildi.

Aktyor serialning ikkinchi mavsumida paydo bo‘ladi. Xolt avval filmlarda Kennet Bran ijro etgan mashhur o‘qituvchi obrazini yangi talqinda namoyish etadi.

Ikkinchi mavsum suratga olish ishlari birinchi mavsum premyerasidan oldin, kuzda boshlanishi rejalashtirilgan.

Serialning ilk mavsumi 25-dekabrda namoyish etiladi. Garri Potter rolini Dominik MakLaflin, Ron Uizlini Alaster Staut, Germionani esa Arabella Stenton ijro etadi. Professor Dambldor obrazida Jon Litgou, Hagrid rolida Nik Frost ko‘rinadi.

Serial musiqasini esa mashhur bastakor Hans Zimmer yozadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News