
- 13
- 25.01.2025 14:16:00
- 1 мин оқу
Toshkentdagi Navro‘z bog‘ida faoliyat yuritayotgan150 dan ortiq hunarmandlar va ularning yuzlab xodimlari o‘z ish joylarini yo‘qotish xavfi ostida. Bu esa hunarmandchilik san’atining noyob an’analari yo‘qolib borishiga olib kelishi mumkin.
Ularning murojaatiga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvaridan ijara haqi ikki baravarga oshgan. Hunarmandchilik ustaxonalarining faoliyati mavsumiy bo‘lib, barqaror moliyaviy reja tuzishni qiyinlashtiradi. Biroq, ijara har oy to‘lanishi kerak va narxlarning ko‘tarilishi ularni qiyin axvolga solib qo‘ygan.
"Biz hunarmandlar nafaqat daromad olish uchun, balki milliy merosimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodlarga yetkazish uchun ham ishlaymiz.” deydi murojaatchilar.