Kolumbiyada kuchli zilzila oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada kuchli zilzila oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi
  • 1
  • 12.08.2026 12:51:00
  • 1 мин оқу

Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lib, kamida 132 kishi halok bo‘ldi, 570 kishi jarohatlandi.
Zilzila 10-avgust kuni soat 07:34 da mamlakat g‘arbidagi San-Xose-del-Palmar shahri yaqinida, 103 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Kuchli silkinishlar ortidan bir necha aftershok ham qayd etilgan.
Pereyra, Kali va Manisales shaharlarida 1500 dan ortiq turar joy zarar ko‘rgan, 60 ga yaqin bino qulab tushgan. Shuningdek, 18 ta shifoxona va 52 ta maktab binosi ham zarar ko‘rgan.
Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Shu sababli qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Mamlakat prezidenti Abelardo de la Esprielya umummilliy favqulodda holat e’lon qilib, barcha mavjud resurslarni qutqaruv ishlariga safarbar etishni buyurdi.
AQSH esa zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Kolumbiyaga 15,5 million dollar miqdorida shoshilinch yordam ajratishini ma’lum qildi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News