Mujtabo Xomanaiy rasman Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlandi

Mujtabo Xomanaiy rasman Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlandi
  • 5
  • 09.03.2026 09:40:00
  • 1 мин оқу

AQSH va Isroilning aviazarbalari oqibatida halok bo‘lgan oliy rahbar — Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy Eronning yangi oliy rahbari etib tanlandi. Bu qaror mamlakat ulamolaridan iborat Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilindi.
Mujtabo hozirgacha rasmiy davlat lavozimini egallamagan bo‘lsa ham, Eron siyosatidagi eng ta’sirli shaxslardan biri sifatida tanilgan.
Yangi rahbar tayinlangani munosabati bilan Yaman husiylari ham tabrik yo‘llab, bu qarorni “Islom inqilobi uchun yangi g‘alaba” deb atadi.

Tramp esa yakshanba kuni Eronning navbatdagi oliy rahnamosi, Tehron avval uning roziligini olmasa, “uzoq vaqt turib bera olmaydi”, deya bayonot bergan. Shuningdek, u Mojtabo Xomanaiyni “qabul qilib bo‘lmaydigan tanlov” deb atagan.

Tahlilchilarga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiyning oliy rahbarlikka kelishi Eron rahbariyati G‘arb bosimiga bo‘ysunmasligini ko‘rsatishga qaratilgan muhim siyosiy signal bo‘lishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News