Pokistonda vazir o‘g‘irlab ketildi

Pokistonda vazir o‘g‘irlab ketildi
  • 13
  • 23.09.2026 15:50:00
  • 1 мин оқу

Pokistonning Peshovar shahrida Xaybar-Paxtunxva viloyati jamoat ishlari va kommunikatsiyalar vaziri Fazal Shakur Xon qurollangan shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi.
Niqobli qurollangan shaxslar vazirning avtomobilini to‘xtatib, g‘ildiraklariga o‘q uzgan va uni noma’lum tomonga olib ketgan. Vazir bilan birga uning haydovchisi va politsiya xodimi ham o‘g‘irlangan.
Vazirning xizmat avtomobili voqea joyida qoldirilgan. Politsiya holat yuzasidan jinoyat ishi ochib, tergov boshlagan.
Hozircha vazir va u bilan birga olib ketilgan ikki kishining qayerdaligi noma’lum. Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News