Mercedes-Benz yangi Unimog’ni taqdim etdi: “XLLL Gelik” va g‘ildirakdagi uy

Mercedes-Benz yangi Unimog’ni taqdim etdi: “XLLL Gelik” va g‘ildirakdagi uy
  • 1
  • 18.12.2025 17:13:00
  • 1 мин оқу

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avlod Unimog modelini rasman taqdim etdi. O‘zining ulkan o‘lchamlari, yuqori o‘tkazuvchanligi va funksionalligi tufayli avtomobil jamoatchilik orasida allaqachon “XLLL o‘lchamdagi Gelik” hamda “g‘ildirakdagi uy” nomlarini oldi.

Yangi Unimog og‘ir yo‘llar, tog‘li hududlar va chekka manzillarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kuchli dvigatel, mustahkam ramka va to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. Keng saloni uzoq masofali safarlar va ekspeditsiyalar uchun qulay sharoit yaratadi — unda yashash, dam olish va zarur jihozlarni joylashtirish imkoniyati mavjud.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ushbu model nafaqat professional sohalar uchun, balki ekstremal sayohat va avtodoman ishqibozlari uchun ham ayni muddao hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News