
- 0
- 24.10.2026 11:32:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
280 gr un
180 gr sariyog‘
90 gr shakar
2 dona tuxum
10 gr razrixlitel
150 gr qovurilgan yeryong‘oq
Krem uchun:
500 gr 30 foizli smetana
500 gr qaynatilgan quyultirilgan sut
Tayyorlanishi:
Birinchi xona haroratida erigan sariyog‘ va shakarni ko‘pirtiring. Keyin tuxum qo‘shib, yana ko‘pirtiring. Oxirida un va maydalangan yeryong‘oqni qo‘shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni paketga o‘rab, yarim soatga muzlatkichga yuboring. So‘ng, xamirni kichik zuvalachalarga bo‘lib, dumaloq shaklda yoying. Yoyilgan xamirlarni qizib turgan pechda pishirib oling. Kremi uchun qaynatilgan quyultirilgan sut va smetani yaxshilab ko‘pirtirib oling. Tayyor bo‘lgan kremni tortning har bir qavatiga surtib chiqing. Tortni ustini strechlab, 1 soatga muzlatkichga qo‘ying. Mazali tortimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤗❤️