Mark-Andre ter Shtegen “Barselona” klubi sardorligidan mahrum qilinadi

Mark-Andre ter Shtegen “Barselona” klubi sardorligidan mahrum qilinadi
  • 2
  • 07.08.2025 10:07:00
  • 1 мин оқу

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen endi klub sardori bo‘lmaydi. Bu haqda 3Cat nashri xabar berdi. Xabarga ko‘ra, klub rahbariyati posbonning sardorlik bog‘ichini olib tashlashni buyurgan. Xans-Diter Flik endi klub uchun boshqa sardor tayinlashi kerak bo‘ladi. Bu qaror futbolchining jarohati haqida La Liga komissiyasiga topshirish uchun zarur bo‘lgan hisobotni imzolashdan bosh tortgani bilan bog‘liq  va shu sababdan “Barselona” darvozabonga nisbatan intizomiy ish ochishga qaror qilgan. Ter Shtegen esa, hozirda klub bilan faqat o‘z agenti orqali muloqot qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News