
- 30
- 28.11.2024 14:27:00
- 1 мин оқу
2024-yil yakuni arafasida Dunyoning 100 ta eng yaxshi shaharlari reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, London dunyoning eng yaxshi shahri deb tan olindi. 12 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Britaniya poytaxti o‘zining “bardoshli ruhi va misli ko‘rilmagan global jozibasi” uchun maqtovga sazovor bo‘ldi. London ketma-ket o‘ninchi marta nufuzli reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Tadqiqotchilar shahar infratuzilmasi va transport tizimining rivojlanishi, hokimiyatning ekologik tashabbuslarga e’tibori, sarmoyaviy salohiyat va gullab-yashnayotgan mehmonxona sektorlariga alohida e’tibor qaratgan.
Dunyoning 10 ta eng yaxshi shaharlari qatoriga Tokio, Singapur, Rim, Madrid, Barselona, Berlin va Sidney ham bor. Afsuski bu “Top-100” talik ro‘yxatiga Toshkent kiritilmagan.