
- 6
- 23.06.2026 12:32:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Temur Tillayev bilan rasman ajrashganini ma’lum qildi.
U Instagram sahifasida: “Rasman ajrashdim va bundan xursandman. Endi o‘sish, erkinlik va chinakam o‘zimga tegishli bo‘lgan hayot sari intilyapman”, deb yozib qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Lola Karimova va Temur Tillayevning Maryam, Umar va Safiya ismli uch nafar farzandi bor. Lola Karimova asosan xayriya loyihalari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, psixologiya va AQShda joylashgan o‘zining parfyumeriya brendi ishlari bilan shug‘ullanadi. Temur Tillayev esa, xalqaro investor va tadbirkor sifatida faoliyat yuritadi. Hozirda, tomonlar ajrimga nima sabab bo‘lganini ochiqlamagan.