
- 0
- 03.03.2026 14:11:00
- 1 мин оқу
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum Eron hujumlari fonida aholini va turistlarni tinchlantirish uchun Dubai Mallʻda sayr qilib, kechki taom tanovul qildi.
Notinch vaziyatga qaramay, Dubayda hayot odatdagidek davom etmoqda: savdo markazlari, restoranlar va turistik maskanlar faoliyatini davom ettirmoqda. Shahar bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lsa-da, ijtimoiy hayot va turizmda uzilish yo‘q.