Hindistonda leopard do‘konga bostirib kirib, ikki kishiga hujum qildi

Hindistonda leopard do‘konga bostirib kirib, ikki kishiga hujum qildi
  • 0
  • 22.07.2026 16:46:00
  • 1 мин оқу

Hindistonning Rajastan shtatida leopard spirtli ichimliklar do‘koniga kirib, ikki nafar xodimga hujum qildi.
Dastlab kassani tekshirayotgan sotuvchiga tashlangan leopard, keyin yana bir xodimga ham hujum qilgan. Jarohatlangan ikki xodim do‘kondan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lib, leopardni ichkarida qamab qo‘ygan. Shundan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar yirtqichni qo‘lga olish choralarini ko‘rgan.
Hodisadan avval ham ushbu hududda leopardlar ko‘ringani va bir kishiga hujum qilgani haqida xabarlar bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News