Legendalar uchrashuvi AQSDHda

Legendalar uchrashuvi AQSDHda
  • 1
  • 02.08.2025 09:42:00
  • 1 мин оқу

Barselona” va “Real Madrid” ramziy jamoalari sentabr oyida AQShda ikki marta  do‘stlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuvlar 9-sentabr kuni Nyu-Jersidagi “Sports Illustrated” stadionida va 13-sentabr kuni Floridadagi “Chase” stadionida bo‘lib o‘tadi. 
Bu uchrashuvlarda sobiq futbol yulduzlari – Rivaldo, Adriano, Klaudio Bravo va Paulinyo kabi afsonalar ishtirok etadi
“Barca Legends” – 2016-yilda tashkil etilgan loyiha bo‘lib, sobiq futbolchilar orqali klub brendini dunyoga tanitish va qadriyatlarini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Bu ikki klub afsonalari o‘rtasidagi o‘yinlar ilgari Bayrut, Tokio, Doha, Mumbay kabi shaharlarda ham o‘tkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News