Livan o‘lim jazosini bekor qilgan ilk arab davlatiga aylandi

Livan o‘lim jazosini bekor qilgan ilk arab davlatiga aylandi
  • 1
  • 12.08.2026 13:00:00
  • 1 мин оқу

Livan parlamenti 11-avgust kuni o‘lim jazosini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa Livan arab davlatlari orasida o‘lim jazosini bekor qilgan birinchi davlat bo‘ldi.
Mamlakatda 2004-yil yanvaridan beri qatllar amalga oshirilmagan, biroq sudlar o‘lim jazolarini chiqarishda davom etgan.
Parlamentdagi 128 deputatning aksariyati qonunni qo‘llab-quvvatladi. Adliya vaziri Odil Nassar bu qarorni “tarixiy qadam” deb atadi.
Endilikda o‘lim jazosi umrbod ozodlikdan mahrum qilish va og‘ir mehnat bilan almashtiriladi. Biroq yangi jazoning aniq qanday tartibda qo‘llanishi hozircha belgilanmagan. Livan parlamentida ayni paytda umumiy afv haqidagi qonun loyihasi ham muhokama qilinmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News