Armaniston parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi

Armaniston parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi
  • 12
  • 06.10.2026 18:01:00
  • 1 мин оқу

Armaniston parlamentida hukmron “Fuqarolik shartnomasi” va muxolifatdagi “Kuchli Armaniston” partiyalari deputatlari o‘rtasida janjal va mushtlashuv yuz berdi.
Dastlab mojaro deputatlarning bir-birini haqorat qilishi ortidan boshlangan. Keyin “Fuqarolik shartnomasi” deputati Vahe Galumyan muxolifat vakili Vaginak Vartanov bilan tortishib, uni itargan va mushtlashuv kelib chiqqan. Parlament xavfsizlik xodimlari deputatlarni ajratgan. Keyinroq deputat Taron Chaxoyanning Butun armanlar katolikosi Garegin II haqidagi keskin bayonotidan so‘ng vaziyat yana keskinlashgan. Deputatlar baqir-chaqir qilib, bir-birini haqorat qilgan va yana to‘polon yuzaga kelgan.
Parlament vitse-spikeri Ruben Rubinyan yig‘ilishni ikki marta to‘xtatib, tanaffus e’lon qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News