Ledi Gaga va Doechii “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi uchun qo‘shiq yozdi

Ledi Gaga va Doechii “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi uchun qo‘shiq yozdi
  • 8
  • 08.04.2026 13:23:00
  • 1 мин оқу

Amerikalik xonanda Ledi Gaga rep ijrochisi Doechii bilan yangi musiqiy hamkorlik qildi. Ular birgalikda “Runway” (“Podium”) nomli trekni yozishgan — bu qo‘shiq “Qattiqqo‘l xonim 2” filmining saundtrek albomiga kiradi.

Qo‘shiq nomi film olamidagi mashhur jurnalga ishora qiladi. “Runway” trekidan parchalar allaqachon filmning yakuniy treylerida yangragan, ammo hozircha striming platformalarida to‘liq chiqmagan. Yaqin kunlarda reliz qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Qattiqqo‘l xonim” filmi 2006-yilda chiqqan bo‘lib, Loren Vaysbergerning shu nomli romaniga asoslangan. Asar yozuvchi Anna Vintur bilan ishlagan tajribalaridan ilhomlangan. Filmda bosh rollarni Meril Strip va Enn Xeteuey ijro etgan.

Yangi qismning jahon premyerasi aprel oxiriga rejalashtirilgan. Filmda yana Emili Blant va Stenli Tuchchi ham o‘z rollariga qaytadi. Rejissyor esa yana Devid Frenkel bo‘ladi.

Syujetga ko‘ra, Miranda Pristli jurnalni yopilishdan saqlab qolishga harakat qiladi va bu yo‘lda sobiq assistenti Emili Charltondan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi. Shu jarayonda jurnalist Endi Saks murakkab tanlov oldida qoladi.

Ma’lumot uchun, Doechii 2024-yilda “Anxiety” treki bilan mashhurlikka erishgan.

Shuningdek, Ledi Gaga filmda kichik epizodik rol bilan ham ko‘rinish berishi kutilmoqda, ammo uning qaysi obrazni ijro etgani hozircha sir saqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News