Lacetti YTHga uchrab, ikkiga bo‘linib ketdi

Lacetti YTHga uchrab, ikkiga bo‘linib ketdi
  • 0
  • 30.06.2026 13:12:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomobili ikkiga bo‘linib ketdi.
Poytaxt YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 30-iyun kuni soat 05:10 atrofida Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti o‘ng tomondan kelayotgan Kia K5 bilan to‘qnashgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi voqea joyida vafot etgan. Rasmiy munosabatda hozircha avtomobilda bo‘lganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News