
- 0
- 10.10.2025 16:43:00
- 1 мин оқу
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Lacetti avtomobili qurilayotgan yerosti yo‘lak chuquriga tushib ketdi. Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 7-oktabr kuni soat 05:00 atrofida M-34 Toshkent–Dushanbe yo‘lida sodir bo‘lgan. 35 yoshli haydovchi yo‘l belgilari va to‘siqlarni payqamagan, natijada mashina chuqurga qulab tushgan. Haydovchi va ikki yo‘lovchi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.