Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi
  • 0
  • 12.03.2026 16:12:00
  • 1 мин оқу

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjonda qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi mahalliy OAVga ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u Baku shahridagi BI-ES VIP klinikasida bemorlarni qabul qilib, o‘z uslubi bilan davolashni taklif qilgan. Qabulga kelganlar soni ko‘payib, klinika oldida katta navbatlar yuzaga kelgani aytilmoqda.
Qafqazinfo nashrining yozishicha, Soliyev bemorlarni bionur bilan davolashini aytib, qabul uchun 60 manat (taxminan 430 ming so‘m) olgan.

Avvalroq, 2025-yil dekabrida u O‘zbekistonda xalq tabobati bilan bog‘liq qonunchilikni buzganlik uchun 10 sutkaga qamalgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News