Qozog‘iston mudofaa vaziri halok bo‘lgan harbiylar oilalari bilan uchrashdi

Qozog‘iston mudofaa vaziri halok bo‘lgan harbiylar oilalari bilan uchrashdi
  • 9
  • 26.09.2026 12:45:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘iston mudofaa vaziri Dauren Kosanov mashg‘ulotlar vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari bilan uchrashdi. Vazir halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, Mudofaa vazirligi oilalarni og‘ir kunlarda yolg‘iz qoldirmasligini ta’kidladi.
Vazirlikka ko‘ra, marhumlarning oilalariga har tomonlama yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatiladi. Shuningdek, ular bilan doimiy aloqa saqlanadi. Halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga jami 2,46 mlrd tenge miqdorida moliyaviy yordam ajratilishi ma’lum qilingan.

24-sentabr kuni Mang‘istau viloyatida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar vaqtida 17 nafar harbiy ochiq dengizga oqib ketgan. Ulardan 14 nafari halok bo‘lgan, 3 nafari qutqarilgan

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News