K-pop yulduzi HyunA sahnada hushidan ketdi

K-pop yulduzi HyunA sahnada hushidan ketdi
  • 7
  • 15.11.2025 16:05:00
  • 1 мин оқу

Waterbomb Macau festivalida chiqish qilayotgan mashhur K-pop yulduzi HyunA sahnada kutilmagan vaziyatga duch keldi. “Bubble Pop!” qo‘shig‘i ijro etilayotgan paytda u birdaniga yiqilib tushdi. Raqqoslar va xavfsizlik xodimlari darhol unga yordam berib, sahnadan olib chiqishdi.

Keyinchalik HyunA Instagram’da muxlislaridan uzr so‘rab, voqeani umuman eslay olmasligini bildirdi. Shu bilan birga, u sog‘lig‘ini tiklash va kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun jiddiy ishlashini aytdi.

So‘nggi paytlarda HyunA bir oy ichida taxminan 10 kg vazn yo‘qotgani ham muhokama markazida. Shu sababli uning organizmi zo‘riqishga uchragan bo‘lishi mumkin. Muxlislar esa unga tezkor sog‘ayish tilab, ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

 Bu voqea HyunA’ning sahnadagi mehnati va sog‘lig‘i orasidagi muvozanatning qanchalik muhimligini yana bir bor eslatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News