
- 4
- 20.03.2026 15:37:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston Markaziy banki tahliliga ko‘ra, 2025-yil IV choragida mamlakatda 47,8 mingta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 15,3 foizga ko‘p. Eng katta o‘sish qurilish sohasida (32,6%), shuningdek umumiy ovqatlanish (23,9%) va ishlab chiqarishda (13,4%) qayd etilgan.
Yil davomida ish qidirish faolligi barqaror bo‘lgan, biroq rezyumelar o‘sishi sekinlashgan. Mutaxassislarga ko‘ra, ish o‘rinlari ko‘payishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin inflyatsion bosimni ham saqlab qolishi mumkin. So‘rov natijalariga ko‘ra, korxonalarning 36,4 foizi yaqin davrda yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirmoqda.