
- 8
- 04.11.2026 10:37:00
- 1 мин оқу
“Al-Nassr” tarkibida o‘ynagan Portugaliyalik futbolchi o‘yinning 17-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradan ko‘p o‘tmay, 32-daqiqada yana bir bor gol urdi. Uning ikkala goli ham ijro mahorati va aniqligi bilan muxlislar e’tiborini tortdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” va “Al-Nassr” o‘rtasidagi bahs mehmonlarning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Paxtakor” safida Flamarion va Dostonbek Hamdamov gol urishga muvaffaq bo‘ldi.