
- 9
- 11.11.2026 11:39:00
- 1 мин оқу
Janubiy Koreyaning Seongnam şahri Bundang tumanida yölovçi avtobusi 32 ta transport vositasiga urilişi oqibatida 57 kişi jarohatlandi. Ulardan töqqiz nafari oğir ahvolda, 48 nafari yengil tan jarohati olgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Hodisa 11-noyabr kuni ertalab yuz bergan. 60 yoşdan oşgan haydovçi boşqaruvidagi avtobus svetoforda kutib turgan transport vositalariga urilgan. Töqnaşuv oqibatida törtta avtobus, yuk maşinasi va 27 ta yengil avtomobil şikastlangan.
Avtobus taxminan 100–150 metr masofada transport vositalariga ketma-ket urilib, yölning örta tösiğiga borib töxtagan. Jarohatlanganlar orasida avtobus haydovçisi ham bor. U transport içida qisilib qolganidan keyin qutqarilib, şifoxonaga olib ketilgan.
Haydovçi politsiyaga tormoz işlamay qolganini aytgan. Uning mast bölmagani aniqlangan. Politsiya avariya sabablarini, jumladan, tormoz tizimidagi nosozlik yoki haydovçining pedalni notöğri bosgan bölişi ehtimolini tekşirmoqda.