Farrosh san’at asarini kir ko‘zgu deb o‘ylab artib tashladi

Farrosh san’at asarini kir ko‘zgu deb o‘ylab artib tashladi
  • 6
  • 13.11.2025 14:25:00
  • 1 мин оқу

Tayvanning Kilung san’at muzeyida kutilmagan hodisa yuz berdi — ko‘ngilli farrosh zamonaviy rassom Chen Sunchjining 40 yillik tarixga ega “Inverted Syntax-16” nomli san’at asarini “kir ko‘zgu” deb o‘ylab, oddiy hojatxona qog‘ozi bilan artib tashladi.

Asar aslida yog‘och panelga o‘rnatilgan chang bosgan ko‘zgudan iborat bo‘lib, rassom uni vaqt, xotira va madaniy o‘zlik timsoli sifatida yaratgan edi. Ammo farrosh yillar davomida to‘plangan changni artib tashlagach, asar o‘z kontseptsiyasini butunlay yo‘qotgan.

Muzey vakillari rassomdan rasmiy uzr so‘rab, zararni qoplash uchun tovon to‘lanishini ma’lum qilishdi. Shu bilan birga, ba’zi san’atshunoslar bu voqeani san’atning yangi shakli sifatida talqin qilib, “asarning o‘zi yangicha ma’no kasb etdi” deb baholashmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News